Beeline abonentlarni tarmoq monitoringiga jalb etish uchun Facebook‘da guruh ochdi

Beeline Facebook tarmog‘ida Beeline Mobile Quality Agent nomli mahsus guruh ochdi https://www.facebook.com/groups/beeline.mqa/ Kompaniya abonentlari – Android va iOS OT boshqaruvidagi smartfon egalari – yangi uyushmaga qo‘shilib Mobile Quality Analyzer (MQA) dasturini test sinovidan o‘tkazib ko‘rishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, MQA ilovasi bir oy avval Beeline matbuot-anjumani doirasida taqdim etilgan edi. U paytda OAV vakillariga foydalanuvchilarning o‘zlari tarmoq parametlarini o‘lchash uchun taklif etilgan, O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan ushbu echimning barcha imkoniyatlari taqdim etilgan edi.
Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “MQA bevosita smartfonlardan mobil Internetning tavsifnomasini olishga imkon beradigan tizimni o‘zida mujassam etgan. Mijozlar uchun muhim bo‘lgan narsalar – biz uchun ham muhimdir, shuning uchun o‘lchovlar aynan abonentlar nuqtai nazaridan kelib chiqgan holda asosiy sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha amalga oshiriladi, va bu avvalam bor qulaylik, uzluksizlik va ulanish tezligi. O‘lchov jarayonlari va natijalar yig‘ilishi MQA ilovasi vositalari orqali foydalanuvchining ishtirokisiz fonli usulda amalga oshiriladi. Beeline xodimlari ilk volontyorlarga aylandilar, ayni paytda esa biz kompaniya tashqarisidagi insonlarni jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz”.
Bugungi kunda Beeline MQA loyihasi amalga oshirilishning faol davriga kirdi: bir soat mobaynida Facebook-guruhga 50dan ziyod kishi qo‘shildi.
“Dasturda ishtirok etish qoidalari juda oson va ochiq-oydin, - deydi Unitel‘ning mijozlar tajribasini rivojlantirish loyihasi rahbari Oraz Abdurazakov. – Agar siz Beeline abonenti bo‘lsangiz va mobil Internetdan faol foydalansangiz – jarayonning bir qismiga aylanishingiz mumkin. Volontyorlar guruhini tuzib bo‘lib, ularni maxsus tadbirga taklif etamiz, tadbir doirasida ilova haqida gapirib beramiz va uni ularning moslamalariga o‘rnatamiz. U vaqtdan boshlab abonentlar Beeline sifati agentiga aylanadilar va deyarli hech qanday harakatsiz tarmoq rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shadilar”.
Beeline sifati agentiga aylanish uchun Beeline Mobile Quality Agent guruhiga qo‘shilish va Beeline Uz foydalanuvchisiga (profilga havola - https://www.facebook.com/profile.php?id=100009845564928) MQA volontyorlarining bir qismiga aylanish istagi haqida shaxsiy xabar yo‘llash lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing