Kaliforniya universiteti olimlari, o‘zlari atayotgandek, “4D- ko‘zoynaklar” yaratdilar. Ularning aytishicha, bu qurilma filmlarga namoyish vaqtida tomoshabinga “tegish”ga imkon beradi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ko‘zoynaklar ko‘rilayotgan videodan effektni oshirish uchun odamga “tega” boshlaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu qo‘shimcha his-tuyg‘ular uyg‘otadi, misol uchun, ekranda tomoshabinga qarab yo‘nalayotgan obyekt paydo bo‘lsa.
Ushbu ko‘zoynak miyaning qarash va tegishga reaksiyaga javob beruvchi sohalarini o‘rganuvchi neyrobiologlar ishi natijasi bo‘ldi. Ushbu 4D-texnologiya miyaning yuqoridagi sohalarini aldashga asoslangan. Ko‘zoynak tegish hissini uyg‘otadi. Uning asosiy vazifasi olimlarga miya sohalari ishlashi mexanizmini o‘rganishda yordam berishdan iborat.
Olimlarning aytishicha, bunday ko‘zoynaklar ko‘ngil ochish industriyasi – kompyuter o‘yinlari, filmlar, virtual reallikda eng ko‘p qo‘llanishi mumkin.
Qurilma bir necha his-tuyg‘u organlarini qo‘zg‘ata oladi va ko‘zoynak yaratuvchilarining fikricha, bu virtual vaqtichog‘lik uchun muhimdir.
Odam yuziga obyektning kelayotgani hissini ko‘zoynakka o‘rnatilgan kichik o‘lchamli havo oqimlari generatorlari paydo qiladi. Biroq olimlar uchun bu generatorlarni aynan qaysi lahzada ishga tushirish kerakligini bilish murakkablik tug‘dirgan. Miyani aldash qiyin va havo oqimini obyekt paydo bo‘lganda faollashtirish kerakli hisni uyg‘otmaydi. Olimlar ekranda obyekt va havo oqimi paydo bo‘lishi orasida eng haqiqatga yaqin effekt yaratilishi uchun qanday pauza bo‘lishi kerakligini uzoq o‘rganishdi. Aniqlanishicha, eng mukammal effekt 800 va 1000 millisekund oralig‘ida bo‘lar ekan.
Avvalroq Samsung kompaniyasi Entrim 4D quloqchinlari yordamida miyani aldashga harakat qilgandi. Bu quloqchinlar umuman harakat bo‘lmagan holatda go‘yoki uning borligi illyuziyasini yaratadi. Quloqchin Gear VR garniturasi bilan birga ishlaydi va oddiy quloqchinlardan biroz kattaligidan tashqari, hech narsa bilan farq qilmaydi. Biroq quloqchin ichki quloqqa ta’sir qilib, foydalanuvchi miyasiga go‘yoki u virtual sahnada harakatlanayotgandek tuyulishi uchun signallar jo‘natadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi