
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmatining xabariga ko'ra, sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosi to'xtatildi. Jizzax shahar Departamenti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda maxsus operatsion tadbir o'tkazdi.
Tadbir davomida “M.F.” MChJ rahbari va uning jinoyatdagi sherigi ushlangan. Ular 7 turdagi 644 dona va 298 qadoq sifati va kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan dori vositalarini sotish vaqtida qo'lga olingan.
Jinoyatchilar ushbu mahsulotlarni sotish orqali 152,3 million so'm daromad olishni rejalashtirgan. Ushbu holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Sifatsiz yoki qalbaki dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, sotib olish, saqlash, tashish yoki sotish, dorixonalar va ularning filiallaridan tashqarida dori vositalari savdosi, shuningdek kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni o'z ichiga olgan dorilarni retsept bo'yicha chakana sotish tartibini buzish” moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va jinoyatchilarning boshqa sheriklari aniqlanmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.