date

Jizzaxlik erkak 31 marta YHQni buzgani aniqlandi

Jizzaxlik erkak 31 marta YHQni buzgani aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, «Nexia-3» avtomobili musodara qilinib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati Majburiy ijro byurosiga bir erkakdan bank foydasiga kredit qarzini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi kelib tushgan.

Kredit garovi sifatida uning «Nexia-3» avtomobili ko‘rsatilgan edi. Ammo erkak avtomobilni byuro xodimlaridan yashirib, musodara qilinishidan qochishga uringan.

Shundan so‘ng, avtomobil qidiruvga berilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil Jizzax shahrida topilgan.

Aniqlanishicha, qarzdor ushbu transport vositasidan foydalanishda davom etgan va shu vaqt ichida 31 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Barcha qoidabuzarliklar foto va video qayd uskunalari yordamida aniqlangan.

Hozirda avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan bo‘lib, uni onlayn auksion orqali sotuvga chiqarish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik erkak 31 marta YHQni buzgani aniqlandi