Telegram messenjerining koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan funksiyalari bilan Kun.uz nashri tanishtirdi.
1. Muhim narsalarni “Tanlangan”da saqlash
“Tanlangan” boʻlimi oʻz-oʻzingizga xabar yuborish imkoniyatini berishini hamma ham bilmaydi. Uning yordamida fayl, foto va oddiy havolalarni kompyuterdan smartfonga yuborish qulay.
Bu boʻlim Telegramʻdan foydalaniladigan barcha qurilmalar uchun umumiy almashish buferi rolini bajarishi mumkin.
2. Xabarlarni sezdirmay oʻqish
Yangi xabarni ochishingiz bilan uni yuborgan odamda xabar koʻringani haqidagi belgi paydo boʻladi. Telegramʻning mobil koʻrinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni oʻqish mumkin.
Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda uchish rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching, uni oʻqib, Telegramʻni yoping. Keyin esa uchish rejimini oʻchirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar barini toʻgʻri bajargan boʻlsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini oʻqiganingizni koʻrmaydi.
3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish
Messenjerning mobil koʻrinishida YouTube-videoni chatning oʻzida tomosha qilish mumkin. Buning uchun havola yonida aks etgan prevyu-rasm ustiga bosishning oʻzi kifoya. Hamma ham videoni “rasmda rasm” rejimi, yaʼni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish mumkinligini bilmaydi
Buning uchun rolikni Telegramʻda ishga tushiring va uning tepasidagi toʻgʻri-toʻrtburchak shaklidagi belgiga bosing. Paydo boʻlgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq oʻlchami oʻzgarmaydi.
Bu rejim bir vaqtning video koʻrib, doʻstlar bilan yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq boʻlgan vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda aniq koʻrinmaydi.
4. Xabarga paydo boʻladigan ogohlantirishning oʻzida javob berish
Har bir yangi xabarga yozishga ilovani ochmaslik uchun xabarnomaning oʻzida javob berish funksiyasidan foydalanish mumkin. Yaʼni matnni terish qismiga ega xabarga boshqa dastur va ish stoli ustida matn teriladi.
Bu funksiyani faollashtirish uchun sozlamalarda ogohlantirish va ovozlar boʻlimini izlang, u yerdan esa “Paydo boʻluvchi ogohlantirish”ni toping. Agar “Har doim koʻrsatish” belgilansa, yangi xabar ekran oʻchgan yoki bloklangan holida ham u oʻzi haqida maʼlum qiladi.
5. Audioxabarni tugmani bosmasdan yozish
Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun mikrofon belgisini bosish kerak boʻladi. Bu hech kimga sir emas. Biroq hamma ham mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni yuqoriga tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etishini bilmaydi. Bu uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay.
6. Audioxabarni avtomatik tarzda yozish
Ovozli xabarni tez yozishning boshqa usuli ham bor: bor-yoʻgʻi kerakli chatni ochish va smartfonni quloqqa tutish. Qurilma ekrani oʻchadi va avtomatik yozish boshlanadi.
Agar funksiya ishlamasa, Telegram sozlamalarida oʻchgan boʻlishi mumkin. “Yaqinlashtirganda ovozni yozish” funksiyasi ishlayotganini tekshiring.
7. GIF-animatsiyalar tayyorlash va yuborish
Telegramʻning mobil shaklida videoni yuborish funksiyasi bor. U tezda rolik suratga olish, zarur boʻlsa uni kesish, sifatni tanlash va chatga yuborish imkonini beradi. Natijada MP4 formatidagi videofayl paydo boʻladi va bosish orqali ishga tushadi.
Agar videoni tayyorlash jarayonida kesish menyusidagi mikrofon belgisiga bosib ovoz oʻchirilsa, videoyozuv chatga GIF shaklida yuboriladi. U avtomatik ravishda ijro etilaveradi.
8. Suratlar ustiga niqob joylashtirish
Telegramʻga surat yuborishda smarfonda tasvirni kadrlashtirishingiz, rangini oʻzgartirishingiz, imzo qoʻshishingiz yoki turli qiziqarli stiker-niqoblarni yopishtirishingiz mumkin. Bu kulgili parik, soqol, koʻzoynak, hayvon quloqlari va boshqalar boʻlishi mumkin.
Bunday stikerlarni tanlash uchun xabarni yuborish menyusida smartfon kamerasi yordamida suratga oling. Keyin tahrirlash menyusida choʻtkaga, keyin esa niqob belgisiga bosing. Messenjer tomonidan taklif etilgan barcha stikerlarni aylantirish, shuningdek, ularning oʻlchamini oʻzgartirish mumkin.
9. Chatni parol bilan himoya qilish
Bu funksiya yozishmalarni begona koʻzlardan yashirish imkonini beradi. U bloklanmagan smartfonni kutilmaganda biror yerda qoldirganingizda foydali boʻladi. Tasdiqlash kodisiz hatto chatlar roʻyxatini ham koʻrish mumkin boʻlmaydi.
Funksiya “Kod-parol” deb nomlanadi hamda maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarida mavjud. Chatlar roʻyxatida toʻrt belgidan iborat parol yaratilganidan keyin yuqoridagi qulf belgisiga bosish kerak. Keyin ilovani yopishingiz yoki smarfton ekranini oʻchirishingiz mumkin. Telegramʻga kirishdan avval oʻsha parol soʻraladi.
10. Xabarlari oʻchirilgan chatlarni ochish
Telegramʻdagi chat va kontaktlar roʻyxati hali ham tartibga solinmagan. Ularning barchasidan yangi xabarlar kelganida hatto belgilangan kanallar xabarlarini oʻchirish ham qutqarmaydi.
Bu muammoni yechish uchun koʻpchilik Plus Messenger kabi muqobil mobil mijozlarga oʻtadi. Unda chat, kanal, bot va boshqalar uchun alohida havolalar mavjud. Bu haqiqatan ham qulay, biroq desktop shaklida bu qanday boʻladi. Yechim mavjud.
Sozlamalarni oching, inglizcha shaklni yoqing va workmode soʻzini yozing. Harakatni tasdiqlash soʻraladigan xabar paydo boʻlishi kerak. Keyin dastur qayta ishga tushadi va chat hamda kanallar roʻyxatida “Chatlarni ogohlantirmasdan yashirish” yozuvi paydo boʻladi. Unga bosish orqali ogohlantirishlari oʻchirilgan barcha chatlarni yashirish imkoniyati paydo boʻladi.
Standart koʻrinishga qaytish dastur sozlamalarida workmode buyrugʻi orqali amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»