date

Aleksandr Vuchich O‘zbekistonda: Samarqandda YUNESKO sessiyasida ishtirok etadi

Aleksandr Vuchich O‘zbekistonda: Samarqandda YUNESKO sessiyasida ishtirok etadi

Bugun Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Toshkent shahrida ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalar va sarmoyaviy yo‘nalishlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Aleksandr Vuchich, shuningdek, faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi. Tadbirda ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida xalqaro hamkorlik masalalari ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aleksandr Vuchich O‘zbekistonda: Samarqandda YUNESKO sessiyasida ishtirok etadi