date

Messi: Jahon chempioni unvonini himoya qilish ajoyib bo'lardi

Messi: Jahon chempioni unvonini himoya qilish ajoyib bo'lardi
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jahon chempioni unvonini himoya qilish istagi borligini ma'lum qildi. "Albatta, bu jahon chempionati bo'lgani uchun men juda hayajondaman.

Biz uni o'tgan safar yutgan edik. Unvonni himoya qilish ajoyib bo'lardi.

Terma jamoa uchun, ayniqsa, yirik turnirlarda o'ynash har qanday futbolchining orzusidir", — dedi Messi NBC telekanaliga bergan intervyusida. 2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda o'tkazilgan edi.

O'sha turnirning ochilish o'yinida Argentina terma jamoasi kutilmaganda Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'lgan edi, biroq shundan so'ng barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritdi. Ushbu g'alaba Messi uchun faoliyatidagi birinchi jahon chempioni unvoni bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: Jahon chempioni unvonini himoya qilish ajoyib bo'lardi