28 oktyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O'zbekiston Markaziy Banki 28 oktyabr kuni o'lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e'lon qildi, 1 gram oltin narxi avvalgi qiymatga nisbatan 41 200 so'mga pasaydi. 5 gram oltin 7 967 000 so'm, 10 gram 15 934 000 so'm, 20 gram 31 867 000 so'm, 50 gram 79 668 000 so'm va 100 gram 159 336 000 so'm etib belgilandi. Oltin quymalarni O'zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin, biroq borishdan oldin ularning mavjudligini aniqlashtirish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 28 oktyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 41 200 so‘mga pasaygan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 967 000 so‘m.
10 gram - 15 934 000 so‘m.
20 gram - 31 867 000 so‘m.
50 gram - 79 668 000 so‘m.
100 gram - 159 336 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.


























Izohlar 0
…