09:26 / 25.09.2018
5 045

Operatorlar xalqaro internet-kanallariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish imkoniga ega boʻladi

Operatorlar xalqaro internet-kanallariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish imkoniga ega boʻladi

Oʻzbekistonda xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishni erkinlashtirish rejalashtirilmoqda, ulanish barcha operatorlar uchun ochiq boʻladi. Bu chora 2019−2021 yillarda Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish yoʻl xaritasida oʻz aksini topgan.

Bugungi kunda mamlakatdagi barcha provayderlar internetga “Oʻzbektelekom” milliy telekommunikatsiyalar operatori orqali ulanadi.

Mazkur yoʻnalishni erkinlashtirishni koʻzda tutuvchi hujjat 2020 yil 1 yanvarga qadar qabul qilinishi lozim. Buning uchun xususiy investorlar va tadbirkorlar mablagʻlari jalb etiladi.

Bu eng oxirgi isteʼmolchilari uchun internetga ulanish narxlarining arzonlashishiga olib keladi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 fevralga qadar aholini, jumladan LTE va WIMAX standartlari boʻyicha ishlovchi mobil tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga keng polosali internet bilan qamrab olishni kengaytirish moʻljallanmoqda.

Strategiya yoʻl xaritasida 2021 yilga qadar texnologiya va kommunikatsiyalar sohasidagi xizmatlar eksporti hajmini umumiy miqdorning 4 foizigacha oshirish koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Operatorlar xalqaro internet-kanallariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish imkoniga ega boʻladi