Odamlar uzoq oʻtmishdan alkogol tayyorlashni quyidagi usullar bilan oʻrganishgan. Ular idishni olib, unga uzum suvini (sharbat) quyib, soʻngra idishga achitqi (drojj) bakteriyalarini qoʻshadilar. Bakteriyalar esa, shirinliklarni juda yaxshi koʻradilar. Endi zarrabin (mikroskop) yordamida bakteriyalarni kuzatamiz: mana bakteriya, uning koʻzi, ogʻzi va u uzum suvi tarkibidagi shirinliklarni, shakarni maza qilib yemoqda, orqasi, dumining ostidagi teshikdan esa etil spirtini C2H5OH, boshqacha aytganda alkogol moddasini chiqaryapti. Shuning uchun, iltimos yozib qoʻying: “Absolyut alkogol – chirituvchi bakteriyalarining peshobidir”. Bu ilmiy istilohda “ekskrement“ deyiladi, yaʼni najas chiqindi.
Shunday qilib, bakteriyalar shakarlarni yeb, siydiklarini chiqaradi va idishdagi peshob konsentratsiyasi 11 foizga yetgach, har qanday tirik organizm kabi, bakteriyalar oʻzining najasiga boʻkib yoki gʻarq boʻlib qirilib ketadi. Agar bu axlat suyuqlik shishalarga quyilsa, uning nomi rus tilida “vino suxoye ordinarnoye” deb ataladi. U hamma joyda shu nom bilan sotilmoqda. Agar suyuqlik ikki yil tindirilib, soʻng bakteriya jasadlaridan tozalanib, shishalarga quyilsa “vino suxoye marochnoye” deb nomlanadi. Uning bahosi birinchisidan ikki baravarga qimmat boʻladi.
Koʻp yoshlar, ayniqsa ayollar negadir shampan vinosini yaxshi koʻradilar. Shampan vinosi qanday tayyorlanishidan esa bexabar. Men uning qanday tayyorlanishini Abrau-Dyursoga borib oʻz koʻzim bilan koʻrib kelganman. Bu yer Krasnodar oʻlkasida joylashgan sovet shampanining vatani hisoblanadi. Men buning tayyorlanishini boshidan oxirigacha koʻrib keldim. Shampan vinosini quyidagi original shaklda tayyorlanar ekan.
Maxsus yashil rangli qalin shishaga uzum suvining besh xil navidan quyadilar. Ularning qancha miqdor quyilishiga qarab shampan turlari ham farqlanadi, yaʼni undan besh xil shampan vinosini chiqarsa boʻladi. Xullas, idishga uzum suvi quyilib, soʻngra uning ustiga chirituvchi bakteriyalar tashlanadi. Keyingi oʻrinda maxsus shishalar maxsus yogʻochli poʻkak qopqoqlar bilan vaqtincha yopiladi. Ular togʻ yoqasidagi yertoʻlalarning devor qismlaridagi joylarga qoʻyib chiqiladi. Eshiklar mahkam yopilib, bir yil davomida maxsus yertoʻlaning harorati oʻzgarmaydigan +14 S darajali harorati ostida saqlanadi. Ikki yil ichida bakteriyalar tinchlik va xotirjamlikda shakarlarni yeb axlat, voy, uzr, spirt ishlab chiqarish bilan band boʻladilar.
Oradan ikki yil oʻtgach va tayyorlash jarayoni rejasiga koʻra yertoʻla ochiladi va yertoʻla ichiga yorugʻlik beradigan kuchli projektorlar oʻrnatilib, kuchli chiroqlar yoqiladi. Kutilmagan chiroqdan qoʻrqib ketgan bakteriyalarning ichi keta boshlaydi. Hammasi qoʻrqqanidan va koʻp miqdorda “bajarib” qoʻyganlaridan qirilib, oʻlib ketadi. Biroq oʻlishdan oldin ular qoʻrqqanlaridan “gaz”larini ham toʻxtamasdan chiqara boshlaydi. Koʻpchilik yaxshi koʻradigan shampan ichkiligining gazlari shu tariqa hosil boʻladi.
Qizigʻi, bakteriyalar nafaqat shakardan spirt chiqaradi, balki ular har qanday organik moddalardan spirt ajratishi mumkin. Masalan Ust-Abakanning gidroliz zavodida yogʻoch qipiqlari qayta ishlanib, spirt olinadi. Bunda yogʻoch chiqindiqlari namlanib, shishaga solinadi va bakteriyalar qoʻshiladi. Boshqa yeydigan narsalari boʻlmagani uchun bakteriyalar shularni paqqos tushirib, chiqindilarini chiqaraveradi.
Bu bakteriyalar inson chiqindi axlatlarini ham alkogolga aylantirishi mumkin. Mening oʻzim Oltoy oʻlkasining bir qishlogʻidanman. Hazil qilib yoki qasddan kimningdir hojatxonasiga achitqi (drojj) tashlansa bormi, jarayon boshlanib ketadi, yaʼni gaz va hidlari bilan. Yonidan oʻtayotib shampan ichkiligining hidi urayotganini sezasan...
Sibir Gumanitar-Ekologiya Institutining professori, xalqaro psixoanalitiklar birlashmasining prezidenti, Rossiya XSUK (xalqaro sergaklik uchun kengashi) raisining oʻrinbosari Jdanov Vladimir Georgiyevichning maʼruzasidan parcha.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»