Shvetsiya va AQSh olimlari quyosh energiyasini to‘plovchi suyuqlikni yaratishdi. Ta’kidlanishicha, yangi texnologiya quyosh batareyalari bozorida inqilob yasashi mumkin.
Yangi yonilg‘i negizida yotuvchi molekulani yaratish jarayoni bir necha yildan beri davom etadi, biroq olimlar oxirgi vaqtda uglerod, vodorod va azotdan o‘ziga xos molekulani yaratishda ancha taraqqiy qildilar.
“Quyosh nuri atomlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zgartirishga majbur qiladi, natijada molekula quyosh energiyasini 20 yil davomida saqlay oladigan izomerga aylanadi”, deb aytishgan Massachusets texnologiya instituti xodimlari.
Yangi texnologiyaga asoslanadigan, quyosh energiyasini olish va saqlash uchun mo‘ljallangan yangi tizimlar quyosh energiyasini maxsus suyuqlikda to‘playdi, so‘ngra zarurat bo‘lganda energiyani issiqlik ko‘rinishida bera oladi.
Shaffof trubkalardagi suyuqlik quyosh nuri yordamida qiziydi va uning tarkibidagi norbornadiyen molekulalari issiqlik saqlovchi izomer – kvadritsiklanga aylanadi.
“Olingan suyuqlik xona haroratida saqlanadi. Agar undan energiya olinmoqchi bo‘lsa, suyuqlik katalizatorga joylashtiriladi va molekulalar issiqlik ajratgancha dastlabki shakliga qaytadi”, deb tushuntirganlar olimlar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi