11:30 / 20.03.2020
3 294

Italiya startapi 3D printerda o‘pkani shamollatish moslamalari uchun klapan yaratdi

Italiya startapi 3D printerda o‘pkani shamollatish moslamalari uchun klapan yaratdi
Foto: REUTERS
Italiyaning shimolidagi shifoxonalardan biri o‘pkani sun’iy shamollatish tizimlari uchun klapan yetishmovchiligiga duch keldi. Isinnova 3D –printer startapida bir necha soat ichida, bitta partiya klapanlar tayyorlandi.

Breshia shahri yaqinidagi Kyari kommunasi va intensiv terapiya bo‘limlarida 250 nafar koronavirus bilan kasallangan bemor yotqizilgan. Kommuna Breshia va Bergamo shaharlari orasida joylashgan bo‘lib, Italya provinsiyalari orasida eng ko‘p virusga chalingan Lombardi, son jihatidan kasallanish bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘rinda turadi.

Bir necha kun oldin kommunalar shifoxonasida kislorod klapanlari yetishmovchiligi muammosiga duch kelindi. Bular yordamida kasallanganlar o‘pkasini sun’iy shamollatish tizimiga ulanadi. Klapanlar faqat sakkiz soat davomida ishlatilishi uchun mo‘ljallangan va tezda tugab qoladi.

Venturi kislorod klapanlari 3D printer uchun juda murakkab shakldir, deyidi Isinnova dagilar
Komponentlarning yetishmasligi to‘g‘risida Giornale di Brescia gazetasi jurnalisti Nunsia Vallini xabar topadi. U biznesmen Massimo Temporelli va Isinnova startapi direktori Kristian Frakassi bilan bog‘langanadi.

«Bizga kasalxonaga klapanlar kerakligini aytishdi. Bular Venturi klapanlari deb ataladi, ammo hozir ularni topishning imkoniyati yo‘q. Ishlab chiqarish kerakli mifdordagi ehtiyojlarni yetkazib berishga ulgurmayapti», dedi Frakassi Reutersga bergan intervmyusida.

Frakassi, muhandis Alessandro Romayoli bilan birga, namuna olish uchun kasalxonaga keladi va uch soatdan keyin tayyor prototip bilan qaytib kelishadi.

«U bemorda tekshirildi, bizga hammasi yaxshi ishlayotganini aytishdi, biz ofisga qaytib, klapanlarni chiqara boshladik», – dedi Alessandro Romaioli Bi-bi-si ga.

Bitta klapanni ishlab chiqarishga bir soat vaqt ketadi . Isinnova xuddi o‘zi kabi 3D-bosib chiqarish bilan shug‘ullanadigan Lonati kompaniyasi bilan bog‘lanib, ular bilan birgalikda kuniga 100 ta klapan ishlab chiqarishga muvofaq bo‘ldi.

Temporellining so‘zlariga ko‘ra, klapanlar narxi atiga bir yevroga teng, bu esa asliga qaraganda ancha arzon, bundan tashqari, hozirda uni topib bo‘lmaydi.

Shu bilan bir paytda, Kristian Frakassiga klapanlari tugab qolgan yana boshqa bir kasalxona murojaat qildi.
«Biz ikki kun uxlamadik. Biz kimlarningdir hayotini saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz” , – deydi u.

Endilikda Isinnova, boshqa bir nechta 3D bosib chiqarish kompaniyalari bilan hamkorlikda, mintaqadagi kasalxonalarni bepul klapanlar bilan ta’minlashga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Italiya startapi 3D printerda o‘pkani shamollatish moslamalari uchun klapan yaratdi