Foto: TCL
Xitoyning TCL kompaniyasi Germaniyada o‘tayotgan IFA 2020 elektronika ko‘rgazmasida ko‘zni asrovchi texnologiyaga ega yangi turdagi displeyni taqdim etdi.
NXTPAPER deb nomlangan ushbu displeylarda yangi texnologiya evaziga ko‘zga tushuvchi zo‘riqish miltillash, yorug‘lanish va ko‘k rangning qo‘llanishi kamaytirilgani hisobiga kamaygan.
Ta’kidlanishicha, yangi texnologiya E Ink rangli panellariga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yangi displey E Ink panellariga nisbatan 25 foiz ko‘proq kontrastlikka ega hamda suyuq kristalli displeylarga nisbatan 36 foiz ingichkaroq. Bu esa qurilmani yengilroq qiladi.
Yangi panellarda yorug‘lanishdan (podsvetka) voz kechilib, uning o‘rniga yuqori akslantiruvchi qobiliyatga ega materiallar qo‘llangan. Biroq yangi displeyning kamchiligi ham shunda bo‘lib, bunday ekranni qorong‘ida ishlatib bo‘lmaydi. Shu bilan birga yorug‘lanishning yo‘qligi ekranda ko‘zga salbiy ta’sir qiluvchi miltillash bo‘lmasligini anglatadi.
Kompaniya vakillari yangi displeylar qachondan sotuvga chiqarilishini ma’lum qilishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda