Foto: Getty Images
Kiberjinoyatchilik tufayli jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar va undan himoya qilish xarajatlari 2020 yilda 1 trillion dollardan oshdi. Ikki yil avval bu miqdor, taxminan, 600 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu haqda McAfee antivirus dasturiy ta’minot kompaniyasi va Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining (CSIS) qo‘shma hisobotida aytilgan, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab hukumat va kompaniyalar xakerlik hujumlari tufayli, taxminan, 945 milliard dollar, kiberxavfsizlik uchun qo‘shimcha xarajatlar oqibatida yana 145 milliard dollar yo‘qotgan.
Tadqiqotchilar 1500 ta tarmoqlararo AT va korporativ siyosatshunoslar o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan, hukumat vakillari bilan suhbatlashgan va hukumat hamda Xalqaro valyuta fondining ochiq ma’lumotlaridan foydalangan.
So‘rovda qatnashgan tashkilotlarning atigi 4 foizi 2019 yilda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmaganini aytgan. Shu bilan birga, respondentlarning 92 foizi pul yo‘qotishlaridan tashqari, mehnat unumdorligi va ish vaqti bilan bog‘liq xarajatlarga tushgan. Kiberhujum tufayli ishdagi eng uzoq o‘rtacha uzilish 18 soatni tashkil qilgan va tashkilotlarga o‘rtacha yarim million dollardan ziyod zarar yetkazgan.
Ta’kidlanishicha, kiberhujumlarning sezilarli darajada oshganini, bir tomondan ularga nisbatan tezroq va aniqroq javob berish, ikkinchi tomondan xakerlarning maxorati oshishi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, pandemiya paytida odamlarning internetda faolligi sezilarli darajada oshdi, bu esa jinoyatchilarga ishlash uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning noyabr oyi o‘rtalarida Microsoft bosh razvedka boshqarmasining xakerlarini COVID-19’ga qarshi vaksinalar bo‘yicha tadqiqotchilarga hujum uyushtirganlikda ayblagandi. Kompaniya Rossiya hamda Shimoliy Koreya hukumatlarida ishlovchi xakerlar COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqayotgan yettita tashkilotga hujum uyushtirgan deb hisoblagan.
Noyabr oyi oxirlarida KXDR xakerlari deya taxmin qilinayotgan guruh Oksford universiteti bilan birgalikda koronavirus vaksinasini yaratayotgan Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasiga qarshi kiberhujumni amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?