
O‘zbekiston axborot texnologiyalari sohasida muhim yangilik: Google Gemini sun’iy intellekt platformasi nihoyat o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlashni boshladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Yangilik Toshkentda o‘tkazilgan «Sun’iy intellekt davrida yetakchilik» mavzusidagi yirik panel sessiyasida tantanali ravishda e’lon qilindi. Muhokamada ishtirok etgan Google Cloud'ning davlat siyosati bo‘yicha yuqori lavozimli rahbari Marina Junich Gemini platformasi uchun o‘zbek tili imkoniyati ishga tushganini tasdiqladi.
Bu yangilik O‘zbekistonning raqamli ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi ta’sirchan qadam bo‘lib xizmat qiladi. Endi mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va keng aholi SI yechimlaridan ona tilida bemalol foydalana oladi.
Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistondagi raqamli transformatsiya jarayonlari va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.