
O‘zbekiston AQShning Silikon vodiysida Milliy transfer ofisini ochadi. Shuningdek, Nvidia kompaniyasi ko‘magida mamlakatda superkompyuter klasteri va sun’iy intellekt (SI) klasteri tashkil etiladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, ushbu chora-tadbirlar sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, ‘Kelajak markazlari’da maktab o‘quvchilariga sun’iy intellekt texnologiyalari o‘rgatiladi. Shuningdek, har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap g‘oyalari tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
G‘oliblar zamonaviy laboratoriyalar bilan taqdirlanadi. Prezident sun’iy intellekt sohasida maxsus Prezident tanlovini ham e’lon qildi.
Har yili yuz nafar iqtidorli yoshlar AQSh, BAA va Yevropa davlatlaridagi yetakchi texnologik kompaniyalarga amaliyotga yuboriladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.