
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan ChatGPT for Teachers servisini taqdim etdi. Yaratuvchilarning ta’kidlashicha, ushbu to‘plam o‘qituvchilarga dars materiallarini tez va qulay tayyorlash, shuningdek, o‘quvchilarga tegishli ma’lumotlar bilan xavfsiz ishlash imkonini beradi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ChatGPT for Teachers'dan 2027 yil iyunigacha mutlaqo bepul foydalanish mumkin. Undan keyin servis pulliga aylanadimi-yo‘qmi — hozircha aniq ma’lumot berilmagan.
Yangi platforma, avvalo, maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan, oliy ta’lim muassasalari uchun esa alohida — ChatGPT Edu versiyasi ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, mutaxassislar ortiqcha ishonch sun’iy intellektga bo‘lgan bog‘liqlikni kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantiradi. Ayrim ilmiy ishlarga ko‘ra, AI'dan ko‘p foydalanish insonning tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyati pasayishiga ham olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.