Foto: «Eg.ru»
«Forbes» jurnalida chiqqan maqolada kiberekspert Zak Doffman android-smartfon ishlatuvchilarni «juda xavfli» ilovani o‘chirib tashlashga chaqirdi. Gap yuz million martadan ko‘p ko‘chirib o‘rnatilgan bepul va pulli «SuperVPN» ilovalari haqida bormoqda.
Ekspertga ko‘ra, «sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni himoyalash»ga va’da bergan bu servis aslida g‘irt teskarisini qilmoqda. Xususan, «SuperVPN» zararli josuslik dasturiy ta’minotini yashirincha ishlatish va ma’lumotlarni sizdirish bilan shug‘ullanadi.
Ommalashgan «CyberNews» hakerlik forumida «SuperVPN» hamda «GeckoVPN» va «ChatVPN» mijozlarining qurilmalari va hisob qaydnomalari ma’lumotlari uchta bazasi sotilayotgani haqidagi fevral oyida tarqagan xabar Doffmanning e’tiborini tortgan.
«Shuni ham ta’kidlash muhimki, «Google Play» do‘konida turli ishlab chiqaruvchilarga qarashli shunga o‘xshash mazmundagi va logitipli yana kamida oltita ilova bor», — deya ogohlantirgan «CyberNews».
Doffman foydalanuvchilarga nomi taniqli va sinovdan o‘tgan ishlab chiqaruvchilarning ilovalarini ishlatishni tavsiya qilgan. Bepul ilovalardan esa yaxshisi uzoqroq yuring, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi
Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi
O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi