08:30 / 04.05.2021
2 098

Kechikkan innovatsiya. Birinchi buklanuvchan iPhone 2023 yilda paydo bo‘ladi


Foto: MacRumors
Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo Apple kompaniyasining kelajak mahsulotlariga oid yangi hisobotini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone’ning birinchi buklanuvchan ekranga ega smartfoni 2023 yilda paydo bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Tahlilchining ma’lum qilishicha, buklanuvchan iPhone’ga QHD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 8 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi. Buklanuvchan displeylarni Samsung yetkazib berishiga qaramay, Apple kompaniyasi kumush nanotola yordamida buklanuvchan konstruksiyani takomillashtirish niyatida — ushbu materialdan hozirda HomePod «aqlli» kolonkalari ekranida foydalanilmoqda.

Shuningdek, Apple’ning potensial buklanuvchan smartfon yoki planshet konstruksiyasiga oid qator patentlari mavjud. Masalan, kompaniya egilish liniyasida o‘ta yorqin pikselli chiziqdan foydalanishni taklif etmoqda — qurilma buklanganida ushbu piksellar maksimal darajada yonib, tom ma’noda egilish chizig‘ini qizdiradi. Bu kabi qaror konstruksiyaning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi, ayniqsa, materiallar qiyin bukiladigan past haroratda.

Min-Chi Kuoning hisoblashicha, Apple’ning buklanuvchan ekranga ega bozordagi birinchi raqamli ishlab chiqaruvchiga aylanish imkoniyati bor. Prognozlarga ko‘ra, 2023 yilda kompaniya 15-20 million dona buklanuvchan ekranli iPhone taqdim etadi. Samsung Galaxy Z Fold 2’ni yetkazib berish borasida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q, biroq sentabr oyidan dekabrda qadar Counterpoint Research tahlilchilari 500 mingga yaqin smartfon sotilishini prognoz qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kechikkan innovatsiya. Birinchi buklanuvchan iPhone 2023 yilda paydo bo‘ladi