23:00 / 17.04.2022
3 377

Gipertovushli raketalar nega eng xavfli raketalar sanaladi?

Gipertovushli raketalar nega eng xavfli raketalar sanaladi?
Foto: «Chip.pl»
Yirik mamlakatlar o‘rtasidagi qurollanish poygalari avj olsa olyaptiki, to‘xtashdan asar yo‘q. So‘nggi paytlarda gipertovushli raketalar haqida ko‘p eshityapmiz. Bunaqa turdagi raketalar ustidagi izlanishlarga hozir Xitoy, Rossiya va AQSH zo‘r bergan. Bu turdagi raketalar nima o‘zi, qanday xavf tug‘diradi?

Kolorada universiteti (Boulder, AQSH)ning aerokosmik muhandisi hamda aerokosmik muhandislik fanlari professori Ien Boydning aytishicha, yangi gipertovushli tizimlarning eng katta xavfi — parvozi davomida yo‘nalishini o‘zgartira olishidir. Bu xildagi raketalar start berilganidan so‘ng to nishonga yetib borgunicha yuqori darajadagi sergaklikni talab etadi — istalgan payti mo‘ljal o‘zgarishi mumkin.

Yana bir jiddiy muammo — yangi turdagi gipertovushli raketalarning ovoz tezligidan past eski turdagi raketalardan baland, ammo qit’alararo raketalardan pastroq balandlikda uchishi. Atmosferaning ayni shu kengliklarida raketalarni samarali kuzatuvchi tizimlar na AQSH, na uning ittifoqchilarida bor. Xitoy va Rossiya ham bunday kuzatuv tizimlariga ega emas.

Umuman olganda, gipertovushning o‘zi nima? Bunday toifalangan raketalarning tezligi qancha? Biron bir transport vositasi (raketa ham mohiyatan transport) 5 633 km/soat va undan yuqori yoki 1,6 km/soniya tezlik olsa gipertovushli hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlari yadroviy arsenalida shay turgan qit’alararo ballistik raketa modellarining barchasi — gipertovushli raketalar: ularning maksimal tezligi 24 140 km/soat yoki 6,4 km/soniyagacha chiqadi.

Gipertovushli raketalar qit’alararo raketlar kabi tezlikda ucha olmagani bilan parvozi davomida yo‘nalishini o‘zgartira oladi. Xavfi shunda.

Yirik mamlakatlar tezligi o‘ta yuqori, manyovr qila oluvchi, yo‘nalishini istlgan payti o‘zgartiradigan gipertovushli raketalar ustida izlanishlarni kuchaytirgan, muammo esa ana shu raketalarga qarshi qalqon vazifasini o‘taydigan himoya tizimining yo‘qligida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gipertovushli raketalar nega eng xavfli raketalar sanaladi?