Dunyoda ko‘z xiralashishiga olib keluvchi omillarning aniq sababi hali ham nomalum. Biroq, so‘nggi tadqiqotlarda nima uchun tobora ko‘proq odamlar ko‘zoynak yoki kontakt linzalardan foydalanishi ma’lum bo‘lmoqda.
Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik “Miopiya” deyiladi. Ushbu kasallik XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo‘ylab faol ravishda tarqaldi. Ayniqsa, keskin o‘sish o‘tgan asrning oxirida boshlangan.
Nima uchun ko‘rish qobiliyati xiralashadi?
Ilm-fanda miopiya nima uchun o‘sib borayotganiga aniq javob yo‘q. Asosiy taxminlarni umumlashtirib, ikkita asosiy sababni nomlash mumkin - genetika va turmush tarzi.
Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasallik rivojlanishi genetik xususiyatlar bilan ko‘proq bog‘liq. Bolalar ko‘pincha miopiyani ota-onalaridan meros qilib olishadi.
Olimlar hatto bu bilan bog‘liq bo‘lgan genomning o‘ziga xos hududlarini aniqlashdi. Shu bilan birga, kasallikning tarqalishini faqat genetika bilan izohlash qiyin.
Miopiyaning asosiy sababi ko‘z hajmining kattalashishi hisoblanadi. U oldin-orqa yo‘nalishda zarur bo‘lganidan ko‘ra tezroq o‘sadi. Bir marta to‘r pardaga tushgan tasvir asta-sekin undan uzoqlashadi, tasvir chaplanadi.
Oftalmolog Pavel Karamishevning aytishicha, ko‘zning o‘sishi genetik xususiyatdir. Bu shox parda, linza, yuz bosh suyagining shakllanish usuli bilan bog‘liq. Shartlar va turmush tarzi, shubhasiz, jarayonni tezlashtiradigan muhim xavf omilidir.
Turmush tarzi hujayralarning tezlashishi va to‘qimalarning o‘sishi uchun sharoit yaratadi.
O‘zoqni ko‘ra olmaslik faqat gadjetlarga bog‘liq emas
Miopiyaning "epidemiyasi" ko‘pincha gadjetlar davrining boshlanishi bilan bog‘liq. Taxminlarga ko‘ra, ekranga qanchalik ko‘p qaralsa, ko‘z zo‘riqadi va ko‘rish yomonlashadi.
Ammo kasallikning tarqalishi smartfonlar va shaxsiy kompyuterlar davridan ancha oldin boshlangan va ko‘pchilik olimlar ko‘z salomatligi bevosita ekran vaqtiga bog‘liq emasligiga ishonishadi.
Mutaxassislarning fikricha, asosiy omillardan biri quyosh nuri yetishmasligi. Bola tashqarida - tabiiy yorug‘likda qancha uzoq bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tabiiy yorug‘lik yoki insolyatsiya kasallik xavfini kamaytiradi va allaqachon miopiyasi bo‘lgan bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Havoning quyoshli yoki bulutli bo‘lishining farqi yo‘q. Bunda har kuni, kamida bir soat yurish yaxshiroq.
Miopiyani butkul davolab bo‘lmaydi
Janubdagi mamlakatlarda mahalliy aholi gadjetlarga qaram bo‘lsa-dauzoqni ko‘ra olmaslik darajasi unchalik yuqori emas. Chunki ularda yiliga quyoshli kunlar ko‘p bo‘ladi.
Ammo inson doimo piyoda yursa va umuman gadjetlarni istisno qilsa ham, genetik omillarning ta’sirini "o‘ldirish" mumkin emas. Agar oila a’zolaridan biri uzoqni ko‘rmaydigan bo‘lsa, bolada bu kasallik ehtimoli 50 foizni tashkil qiladi.
Miopiyani davolab bo‘lmaydi, lekin uni sekinlashtirish va shu bilan tez rivojlanish bilan yuzaga keladigan asoratlar xavfini kamaytirish mumkin.
Ochiq havoda o‘tkaziladigan vaqtni ko‘paytirishdan tashqari, to‘g‘ri linzalar va ko‘zoynaklar uzoqni ko‘ra olmaslikni to‘xtatishga yordam beradi.
Shifokorlar bunday kasallikka chalingan insonlarga vitaminlarga boy ovqatlarni istemol qilish, kompyuterda ishlaganda har yarim soatda tanaffus qilish, ko‘zlar uchun kundalik mashqlarni bajarish, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va oftalmolog tavsiyalariga amal qilishni maslahat berishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?