date

Ethereum investorlari aktivlarini sotmoqdami: Oncheyn maʻlumotlar tahlili

Ethereum investorlari aktivlarini sotmoqdami: Oncheyn maʻlumotlar tahlili

Soʻnggi bir hafta ichida Ethereum (ETH) narxi 2 000 USD darajasiga yaqinlashishi ortidan, loyihaning ilk investorlaridan biri oʻz aktivlarini sotishni boshladi. Bu holat bozorda narxlarning yanada tushib ketishi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi. Biroq, oncheyn maʻlumotlar va treyderlarning tahlillari vaziyatga boshqacha nazar tashlash imkonini bermoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Lookonchain tahliliy platformasi maʻlumotlariga koʻra, tarmoqning ilk yillaridan buyon tokenlarni saqlab kelayotgan yirik Ethereum kiti oʻtgan haftada jami 136 million USD qiymatidagi ETH aktivlarini sotgan. Investor oʻrtacha 2 041 USD narxda 55 000 va 9 442 dona ETH partiyalarini birjaga chiqargan. Shunga qaramay, bu holat ommaviy tendensiyaga aylanmagani kuzatilmoqda.

"HODL waves" tahlili shuni koʻrsatadiki, Ethereum umumiy taklifining katta qismi turli vaqt oraligʻida harakatsiz qolmoqda. Qizigʻi shundaki, uzoq muddatli egalar (5-7 yillik kohorta) ulushi oʻtgan yilga nisbatan biroz oshib, 8,59 foizdan 9 foizga yetgan. Bu esa "eski" investorlarning aksariyati hali ham oʻz aktivlariga sodiq qolayotganidan dalolat beradi.

Ayni paytda bozordagi asosiy harakatlar qisqa muddatli investorlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Masalan, 3 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda aktiv saqlayotganlar ulushi 13,5 foizdan 9 foizga tushgan. Bu esa Ethereum OGs (ilk investorlar) ommaviy ravishda bozorni tark etayotgani haqidagi farazlarni rad etadi.

Hozirda ETH/USD juftligi 2 000 USD darajasidagi psixologik chegara atrofida tebranmoqda. Treyderlar narxning pastki nuqtasini aniqlashga urinayotgan bir paytda, Glassnode maʻlumotlari 2022-yildagi narx 1 000 USDdan pastga tushgan davrdagi faollik hozirgidan ancha yuqori boʻlganini koʻrsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ethereum investorlari aktivlarini sotmoqdami: Oncheyn maʻlumotlar tahlili