Dua Lipa va Kallum Tyorner rasman nikohdan oʻtdi

Shou-biznes olamining eng zamonaviy juftliklaridan biri — pop-qirolicha Dua Lipa va britaniyalik aktyor Kallum Tyorner 31 may kuni Londonda yashirincha nikohdan oʻtishdi. Juftlik dabdabadan qochib, faqatgina eng yaqin doʻstlar va oila a’zolari davrasida nikohdan oʻtishni afzal koʻrdi.
Dua Lipa an’anaviy toʻy koʻylagidan voz kechdi. U moda tanqidchilarini lol qoldirib, Schiaparelli Haute Couture brendining Daniel Roseberry tomonidan maxsus tikilgan yubkali kostyumida namoyon boʻldi. Obrazni Stephen Jones dizaynidagi keng hoshiyali shlyapa, oq qoʻlqoplar va Stephen Jones tuflisi toʻldirdi.
Guvohlarning xabar berishicha, bu shunchaki rasmiy qism edi. Juftlik iyun oyining birinchi haftasida Italiyaning Palermo shahrida, nufuzli Villa Igiea majmuasida 3 kunlik dabdabali toʻy tantanasini oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!