Yurak va qon-tomirlari kasalliklari — hozirgi kunda eng ko‘p uchraydigan kasallikdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har beshinchi odam ishemik kasallikdan vafot etadi.
Charchoqning yurak faoliyati bilan qanday bog‘liqligi bor?
Bu savolga javob berish uchun tananing “motori” qanday ishlashini tushunish kerak.
Yurak — qonni barcha to‘qimalar va organlarga yetkazib beradigan, ularni kislorod va ozuqa moddalari bilan to‘yintiradigan nasosdir. Kasallik mavjudligida bu jarayon buziladi. Nasosning ishlashi pasayadi, shuning uchun mushaklar va to‘qimalarga kamroq qon kiradi. Bunday paytda organizm qonni qo‘l-oyoq mushaklaridan olib, yurak, miya va buyraklarga yo‘naltiradi. Natijada charchoq yuzaga keladi.
Dam olish bilan charchoq yo‘qolmaydi
Ba’zida charchoqni his qilish odatiy hol, bu tananing qattiq ish, stress yoki uyqusizlikka tabiiy reaksiyasi hisoblanadi. Agar charchoq tashqi hodisalar bilan bog‘liq bo‘lsa, dam olishdan keyin ishchanlik qobiliyati qayta tiklanadi.
Ammo charchoq doimiy davom etsa, sog‘lig‘ingizga e’tibor qaratishingiz lozim. Agar yetarli uyqu, turlicha ratsion va tartibli turmush tarziga amal qilsangiz-u, lekin charchab qolayotgan bo‘lsangiz, shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Doimiy charchoq ko‘pincha yurak muammolaridan darak beradi.
To‘satdan holdan toyish
Darhaqiqat, qisqa dam olishdan keyin hammasi joyiga tushishi mumkin. Ammo to‘satdan charchoq signal ekanligini unutmang. Bunday holatlarning qanchalik tez sodir bo‘layotganiga ahamiyat bering va mutaxassisga murojaat qiling.
Og‘riqli simptomlarning paydo bo‘lishi
Bunday hollarda charchoq bilan birga kelishi mumkin bo‘lgan va tanadagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadigan boshqa holatlar ham mavjud:
Ko‘krak qafasidagi noqulaylik — yurak muammolarining eng keng tarqalgan belgisidir. Ba’zilar qizib ketayotganini his qiladi, boshqalari esa nafas olishda qiyinchiliklarga duch keladi — bunday hollarda universal simptomlar bo‘lmaydi. Nima bo‘lganda ham ko‘krakda odatiy bo‘lmagan og‘riqni his qilsangiz, iloji boricha tezroq tibbiy yordamga murojaat qiling.
Bosh aylanishi — bu ham tez-tez bo‘lib turadigan charchoq bilan bog‘liq. Aslida, bunga juda ko‘p sabablar bo‘lishi mumkin. Ammo bu simptomning muntazam ravishda paydo bo‘lishi miyada qon oqimining buzilishini ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun uni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.
Yurakning tez-tez urishi har doim ham sevib qolganingizni yoki hayajonlanganingizni anglatmaydi. Bundan tashqari, charchoq bilan birgalikda bu tashvish beruvchi signaldir.
Qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak?
Yuqorida aytilganidek, charchoq va unga hamroh bo‘lgan simptomlarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bunda siz bir nechta tekshiruvlardan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
Avvalo terapevtga murojaat qilishingiz kerak — u kerakli tekshiruvlarni tayinlaydi. Natijalarni olgandan so‘ng o‘zingizga tashxis qo‘yishga shoshilmang. Agar testlar organizmdagi patologik jarayonlarni ko‘rsatsa, davolovchi shifokor sizni maxsus mutaxassislarga yuboradi. Faqat ulargina barcha holatlarni hisobga olib, salomatlikni saqlashga yordam beradigan samarali choralarni tanlashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi