15:38 / 25.10.2024
35

Uyqusizlik ham kasallikmi?

Uyqusizlik ham kasallikmi?
Yarim tunda to‘satdan uyquning buzilishi yoki tonggacha uyqu kelmasiligi har bir inson hayotida uchraydigan oddiy holat.

Ammo buning surunkali davom etishi kishini tashvishga soladi. Xo‘sh, uyqusizlik ham kasallikmi? Uning qanday belgi va davolash usullari bor? Milliy tibbiyot markazi nevrologi Nodir Rozikulov markaz matbuot xizmatining savollariga javob berdi.

— Uyqusizlik qanday kasallik va uning kelib chiqish sabablari haqida to‘xtalib o‘tsangiz.
— Tungi uyqu maromining buzilishi, kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmasligi, bevaqt uyg‘onaverish, shuningdek, juda erta uyqu o‘chib ketishi va boshqa holatlar kasallik belgisidir. Tibbiyotda bu xastalik “Insomniya” deb ham ataladi.

Ba’zi odamlarda uyqu bolaligidan buziladigan bo‘ladi, masalan, u irsiy yoki ilk yoshda boshdan kechirilgan ba’zi kasalliklar, nerv tizimi, bosh miyaning shikastlanishi oqibatida kelib chiqan bo‘lishi mumkin.

Uyqusizlik ko‘pincha nerv tizimining kuchli ruhiy, emotsional shikastlari, nevroz, psixoz, bosh miyaning organik kasalliklari(ayniqsa, miya qon tomirlari aterosklerozi), ichki a’zolar va endokrin bezlar(buyrak, jigar, qalqonsimon bez) kasalliklari bilan bog‘liq nerv tizimining funksional buzilishlarida uchraydi.

Uyqusizlik yotadigan joyning noqulay bo‘lishi, biror narsadan kuchli hayajonlanish, birorta kasallikning boshlanish belgisi bo‘lishi ham mumkin. Agar uyqusizlik noxush kechinmalar, toliqish, uxlash maromining buzilishidan (funksional uyqusizlik) kelib chiqqan bo‘lsa, u qayta tiklanadi. Buning uchun har kuni bir vaqtda odatdagi sharoitda yotish, yaxshi xayollar surish lozim.

— Sog‘lom odamlarda ham uyqu buzilishi mumkinmi?
— Sog‘lom odamlarda uyqusizlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil asabiylashish hisoblanadi. Uxlashdan oldin qancha ko‘p xavotirli, xotirjamlikni buzadigan voqea-hodisalar haqida o‘ylagan yoki ularning bevosita ishtirokchisiga aylangan odamlar uyqusizlik bilan ham kurashib chiqishga majbur bo‘ladilar. Chunki asabbuzarlik, xavotirlanish odamni sergaklantiradi. Bu esa uyquning “dushmani” hisoblanadi.

Ayrim kishilar uxlashdan oldin me’yoridan ortiq ovqatlanadilar. Natijada ovqat hazm qilish tizimi zo‘riqadi. Bu esa ruhiy xotirjamlikka putur yetkazadi.

Shuningdek, yotoqdagi e’tiborni o‘ziga jalb qiluvchi, yorug‘lik tarqatuvchi buyumlar ham bedorlikni keltirib chiqaradi. Chunki bunday buyumlar insonni chalg‘itibgina qolmay, miya faoliyatini faollashishga sabab bo‘ladi.

Odatiy tartibning buzilishi ham uyqusizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, haftaning ish kunlari odamlar tanasidagi hayotiy quvvat — energiyani ko‘proq sarflab, holdan toyadilar. Bu esa ularning tez uxlab qolishlariga sabab bo‘ladi. Dam olish kunlari esa dangasalik oqibatida o‘zlarini urintirmaslikka intiladilar. Natijada jismoniy jihatdan toliqmagan tanada energiya ko‘p bo‘ladi, natijada uyqu maylining hosil bo‘lish vaqti kechikadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uyqusizlik ham kasallikmi?