date

Endi gepatit S testi uchun 2 soat kutish shart emas

Endi gepatit S testi uchun 2 soat kutish shart emas

Rossiyada gepatit S virusini aniqlash uchun dunyodagi ilk tezkor test ishlab chiqildi. Bu haqda Rospotrebnadzor mutaxassislari ma’lum qildi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi testning asosiy afzalligi — natijani juda tez olish imkoniyatidir. Ilgari virusni aniqlash uchun laborator tahlil natijasini kutish bir yarim–ikki soat vaqt olgan bo‘lsa, endilikda bu jarayon atigi 25–30 daqiqa davom etadi.

Mutaxassislar ushbu innovatsion usul tibbiyot amaliyotini yengillashtirishi, ayniqsa gepatit S bilan bog‘liq kasalliklarni erta aniqlash va davolashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

Yangi testning sinovdan o‘tgan namunalarini Rossiyaning yetakchi tibbiy markazlarida amaliyotga joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi gepatit S testi uchun 2 soat kutish shart emas