date

Noto‘g‘ri ovqatlanish siqilishga olib kelishi mumkin

Noto‘g‘ri ovqatlanish siqilishga olib kelishi mumkin
Ovqatlanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yaqinda “Science World Report” jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri parhez qoidalariga amal qilish og‘ir ruhiy siqilish holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi, deb zamin.uz xabar berdi.

. Tadqiqotda o‘rtacha va og‘ir ruhiy siqilishdan aziyat chekayotgan 67 nafar kishi ishtirok etgan. Ular ikki asosiy guruhga ajratilgan: birinchi guruhga ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ular ovqatlanishga e’tibor bermagan. Ikkinchi guruh esa maxsus parhez asosida oziqlangan — ular ratsionlariga sabzavot, mevalar, yog‘siz go‘sht va boshqa foydali moddalarga boy mahsulotlarni kiritishgan.

. Bir necha haftadan so‘ng ikkinchi guruh ishtirokchilarining ruhiy siqilish darajasi 30 foizga kamaygani qayd etilgan. Birinchi guruhda esa o‘zgarish nisbatan past — atigi 8 foiz bo‘lgan.

. Mutaxassislar mazkur natijalarni jiddiy baholash kerakligini ta’kidlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, inson ruhiyati faqat tashqi muhit va ijtimoiy omillar emas, balki oziq orqali organizmga kirib boradigan moddalar bilan ham bevosita bog‘liq.

. Kolumbiya universiteti shifokori doktor Dryu Remsining ta’kidlashicha, yarim tayyor yoki tez tayyorlanadigan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish ruhiy holatni izdan chiqarishi mumkin. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, bunday ovqatlar bilan muntazam oziqlanadigan insonlarda depressiyaga chalinish xavfi 60–80 foizga oshadi.

. Aksincha, to‘g‘ri parhez ushbu kasallikka chalinish ehtimolini aynan shuncha — 60–80 foizga kamaytiradi. Bu organizmga antioksidantlar, Omega-3 yog‘ kislotalari, B vitaminlari kabi moddalarning yetarlicha kirishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular ruhiy barqarorlikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

. Tadqiqotdan chiqarilgan asosiy xulosa shundan iboratki, to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat salomatlik, balki psixologik barqarorlik uchun ham asosiy omillardan biri sanaladi. Mutaxassislar har bir inson o‘z kundalik ratsionlarini qayta ko‘rib chiqishi va ruhiy salomatlik uchun zarur oziq moddalarni yetarli miqdorda qabul qilishi lozimligini ta’kidlamoqda.

. Bu borada nafaqat parhez, balki ovqatlanish odatlari, iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tarkibi, vaqt va miqdorga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. Chunki inson qaysi mahsulotni tanlashi uning kayfiyati va aqliy holatiga bevosita ta’sir qiladi.

. Ruhiy muvozanat uchun har kuni yetarlicha mevalar, ko‘k sabzavotlar, omega-3 manbalari, sut mahsulotlari va tabiiy antioksidantlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Asab tizimiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan gazaklar, tez tayyor ovqatlar va shirinliklarni esa cheklash maqsadga muvofiq.

. Hozirda butun dunyoda depressiya va stress bilan bog‘liq kasalliklar keng tarqalgan bir paytda, parhezga asoslangan yondashuv bu muammoni yengillashtirishda samarali yo‘llardan biri bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Noto‘g‘ri ovqatlanish siqilishga olib kelishi mumkin