date

Qozog‘istonda yuqori sinf qizlariga ginekolog maslahati majburiy bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda yuqori sinf qizlariga ginekolog maslahati majburiy bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda homilador o‘quvchi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng yuqori sinfdagi qizlar uchun ginekolog maslahatini majburiy etish masalasi muhokama etilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Sultongaziyev Majlis kuluarlarida ma’lum qildi, deb xabar berdi Zakon.kz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda vazirlik bu tashabbusni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Sultongaziyev ta’kidlashicha, maktabda homiladorlik holati aniqlanmagani qizda hech qanday shikoyat bo‘lmagani va maxsus tekshiruv o‘tkazilmagani bilan bog‘liq.

«Maxsus profilaktik ko‘rik o‘tkazilmagan. Faqat mart oyi boshidagi skrining paytida oftalmolog va otolaringologlar tekshiruvdan o‘tkazgan, ammo akusher-ginekologlar ishtirok etmagan. Shu sababli homiladorlik erta bosqichda bo‘lgani uchun aniqlanmagan», — dedi u.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, ginekolog maslahatini joriy etish g‘oyasi Aqto‘bedagi voqea bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq emas, ammo kelajakda bunday tekshiruvlar yuqori sinf qizlari sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qozog‘istonda yuqori sinf qizlariga ginekolog maslahati majburiy bo‘lishi mumkin