Antioksidantlar tanamizni "erkin radikallar" deb ataluvchi zararli molekulalarning salbiy ta’siridan himoya qiluvchi birikmalardir. Erkin radikallar hujayralarga zarar yetkazishi va turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayon "oksidlovchi stress" deb ataladi.
Antioksidantlar inson sog‘lig‘i uchun muhim hisoblanadi, chunki ular bunday zararlarni kamaytirishga yordam beradi. Ular tabiiy ravishda ayrim meva-sabzavotlar, don mahsulotlari va yong‘oqlarda uchraydi.
Keng tarqalgan antioksidantlarga quyidagilar kiradi:
- S vitamini: limon, apelsin, yashil sabzavotlar, qulupnay, qizil qalampir.
- Ye vitamini: bodom, yong‘oq, urug‘lar, ismaloq, shirin kartoshka.
- Karotinoidlar: sabzi, qovoq, ismaloq kabi sabzavotlar.
- Selen: yong‘oq, urug‘lar, mol va kurka go‘shti.
- Flavonoidlar: choy, qahva, qizil vino, meva, sabzavot, shokolad.
- Likopen: pomidor, tarvuz, papayya.
Antioksidantlar saratoni, yurak xastaliklari, diabet, alsgeymer, qarish va boshqa kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar