date

Hindistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yangi siroplar aniqlandi

Hindistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yangi siroplar aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistonda ishlab chiqarilayotgan ayrim dori vositalarida inson salomatligi uchun juda xavfli modda — dietilenglikol (DEG) aniqlanganini ma’lum qildi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, COLDRIF, Respifresh TR va ReLife nomli siroplar tarkibida mazkur zaharli modda mavjud bo‘lib, ularni Sresan Pharmaceutical, Rednex Pharmaceuticals va Shape Pharma kompaniyalari ishlab chiqargan.

Hindiston dori standartlarini nazorat qilish markazi (CDSCO) JSSTni oktyabr oyi boshida xabardor qilgan. Hisobotda siroplarni qabul qilgan bolalarda buyrak shikastlanishi holatlari qayd etilgani va kamida 22 nafar bola hayotdan ko‘z yumgani ta’kidlangan.

Hukumat bu dorilarni ishlab chiqarish va sotishni darhol to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergan. CDSCOning qo‘shimcha qilishicha, ushbu zaharli siroplar xorijga eksport qilinmagan va hozircha noqonuniy savdo holatlari aniqlanmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Hindistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yangi siroplar aniqlandi