So‘nggi yillarda yoshlar orasida yuzni o‘zgartirish uchun plastik jarrohlikka murojaat qilish hollari ortmoqda. Ilgari bu amaliyotlar ko‘proq katta yoshdagilarga xos bo‘lsa, endi 20 yosh atrofidagilar ham bunga qiziqmoqda.
Mutaxassislar bu holatni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilinayotgan “ideal” qiyofalar bilan bog‘laydi. Yoshlar o‘zini boshqalar bilan solishtirib, tabiiy ko‘rinishidan norozi bo‘ladi, bu esa ruhiy bosim va depressiyaga olib keladi.
Shifokorlarning ogohlantirishicha, bunday operatsiyalar jiddiy xavf tug‘diradi. Yuz nervlari zararlanishi, qon ketishi yoki natijadan norozi bo‘lish hollari ko‘p uchraydi.
Mutaxassislar yoshlarni o‘z tabiiy ko‘rinishini qadrlashga chaqirib, go‘zallikni sog‘lom turmush tarzi va o‘ziga ishonch orqali saqlashni tavsiya etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!