Inson kayfiyati tanadagi gormonlarga bog‘liq. Gormonlar – organizm ishlab chiqaradigan moddalar bo‘lib, ular miya va hissiyotlarga ta’sir qiladi. Shu sababli, gormon miqdorining o‘zgarishi kayfiyatni o‘zgartiradi.
Ayollarda homiladorlik paytida o‘strogen va progesteron o‘zgaradi. Bu charchoq, tushkunlik yoki asabiylikni keltirib chiqaradi. Tug‘ruqdan keyingi tushkunlik ham gormonlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Erkaklarda esa yillar o‘tishi bilan testosteron kamayadi. Bu kayfiyatning tushishiga yoki ruhiy beqarorlikka olib keladi. Gormonlar serotonin va dopamin kabi “baxt gormonlari”ga ham ta’sir qiladi.
Mutaxassislar gormonlar muvozanatini saqlash inson ruhiy salomatligi uchun muhimligini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar