Tibbiyot va psixologiyani aralashtirsa nima bo‘lishini bilasizmi? Psixosomatika. Bu tibbiyotdagi yo‘nalish bo‘lib, u bizning his-tuyg‘ularimiz, qo‘rquvlarimiz va ruhiyatimizning salomatlikka ta’sirini o‘rganadi. Bizning ichki kechinmalarimiz va his-tuyg‘ularimiz jismoniy kasalliklarimizni keltirib chiqarishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Shunday qilib, sizning kasalliklaringiz nimadan dalolat beradi?
Bosh
Agar boshingiz tez-tez og‘rib tursa, bu fikrlar, xabarlar va o‘y-xayollaringiz «og‘rishi»ni bildiradi. Bosh og‘irig‘i o‘z hissiyotlarini ko‘rsatmaydigan yuqori aql sohiblarida ko‘p kuzatiladi. Bu muammo ko‘pincha o‘zini yetarlicha baholamaslik va qo‘rquvdan dalolat beradi.
Sochlar
Soch bilan bog‘liq muammolar (erta oqarishi, soch to‘kilishi, ularning sinuvchanligi) – stress, chorasizlik va noumidlik indikatorlaridir. Sochlar, ayniqsa ayollarda – hayotiy energiya ramzi hisoblanadi. Inson biror nimadan qo‘rqib, umidini uzsa yoki qattiq tushkunlikka berilsa, soch bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Shu bois – o‘zingizga va Ollohning marhamatiga ishoning.
Bo‘yin
Bo‘yin ongni (boshni) hissiyotlar (tana) bilan birlashtiradi. Bo‘yindagi muammolar sizning na ongda va na tanada muvozanatni saqlay olmaganingizdan dalolat beradi. Buni metafizik darajada ma’naviyat va moddiyat o‘rtasidagi ko‘prik sifatida qabul qilish kerak. Bo‘yindagi muammolar insonning moslashuvchan emasligini anglatadi: inson haqiqatga tik qarash uchun boshini ko‘tarishga qo‘rqadi, qiyin vaziyat yuzaga kelganda hal qilish o‘rniga uni inkor etadi.
Ko‘zlar
Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik – uzoqni ko‘ra bilmaslik, kelajakdan qo‘rqish va ko‘z oldidagidan boshqa narsalarga qarashni istamaslik.
Yaqinni yaxshi ko‘rmaslik – bugungi kun bilan yashashni bilmaslik. Yaqinni yaxshi ko‘rmaydigan kishilar biror nima qilishdan avval uzoq o‘ylashadi, ular vaziyatni to‘laligicha ko‘ra olishmaydi.
Daltonizm – ko‘zlar ranglarni qabul qilmaydi, hamma narsa rangsiz ko‘rinadi. Bu insonning hayotdagi xursandchiliklarni ko‘ra bilmasligini bildiradi.
Glaukoma – «ko‘z devori». Inson o‘tmishidan aziyat chekishi, kechirishni istamasligiga ishora qiladi.
Tishlar
Qaror qabul qila bilmaydigan beqaror kishilarning tishlari og‘riydi. Siz uchun boshqalar qaror qabul qiladi, o‘zingiz esa qo‘rqasiz, hayotiy vaziyatlarni tahlil qilishni bilmaysiz.
Og‘iz bo‘shlig‘i
Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, jumladan, stomatit ko‘ngilni o‘rtovchi og‘riqlar, alamlar bilan bog‘liq. Tilni tishlab olish – ko‘p gapirmaslikka ishora. Og‘iz yangi g‘oyalarning qabul qilinishi bilan bog‘liq. Undagi barcha muammolar aynan shu sohadagi kamchiliklardan dalolat beradi.
Yelka sohasi
Yelka – hayotning tayanch ramzi. Yelkadagi muammolar hayotda ma’naviy, ruhiy qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligini anglatadi. Inson o‘zini sevilmagandek his qiladi yoki o‘z muhabbatini yashirishga majbur. Agar u harakatchanligini yo‘qotsa, u boshqalarga bo‘lgan muhabbatini faoliyat orqali ko‘rsata olmaydi.
Bel
Bel – bu ziddiyat, aybdorlik hissi. Buni his qiluvchilarning diqqati ayni vaqtda o‘tmishga qaratilgan. Belning pastki qismi moddiy farovonlik, pullar, hamkorlar, uy, bolalar, ish, diplomlar va hokazolar bilan bog‘liq. Bu sohadagi og‘riq insonning biror nimani qo‘lga kiritish istagida ekanligi, ammo bunga iqror bo‘lishga jur’atsizlik qilayotganini anglatadi. Buning natijasida hamma narsani o‘zi bajarishiga to‘g‘ri keladi va barcha aybni bel og‘rig‘iga ag‘daradi.
Ortiqcha vazn
Agar inson ortiqcha vaznga ega bo‘lsa, u o‘z ichki olamiga nazar solishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha tana tashqi ta’sirlardan himoyalanish uchun o‘zida ortiqcha yog‘ni ushlab turadi. Inson jamiyat va umuman hayot oldida o‘zini himoyasiz his qiladi. Bolalik yoki o‘smirlik yillarida semizlikdan aziyat chekkan kishilar ko‘pincha kamsitishlar va haqoratlarni boshdan kechirishgan bo‘lishadi.
Oshqozon
Shifokorlar gastrit kasalligining bezovtalik va asab zo‘riqishlari asnosida paydo bo‘lishini tasdiqlashadi. Oshqozondagi muammolar hayot yo‘lida aniqlik yetishmayotganligi, ba’zan esa chorasizlikdan dalolat beradi. Oshqozon yarasi xo‘rlanish hissi, qo‘rquv va himoyasizlikka ishora qiladi. Shuningdek bu kasallik «tashqariga chiqarilmaydigan» jahl tufayli ham paydo bo‘ladi. Agar shu insonlar vaqtida o‘z dardlari bilan bo‘lishishganda edi, ularni oshqozon yarasi bezovta qilmagan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi