Xitoy xalq Respublikasidan yurtimizdagi muhim siyosiy jarayonni kuzatish uchun tashrif buyurgan Syuy Tao janobi ham bugungi kun bayram kabi o‘tayotganini alohida e’tirof etdi.
— Men O‘zbekistondagi saylov jarayonini kuzatish jarayonida Andijonga tashrif buyurdim. U erda komissiya a’zolari bilan uchrashdik. Barchasi bugungi muhim siyosiy jarayonga sidqidildan xizmat qilmoqda. Bugun ertalab esa Toshkentdagi 14-saylov okrugiga tashrif buyurib, komissiya a’zolarining faoliyati talab darajasida tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. Har bir saylov uchastkasida tashkil etilgan ona va bola xonalari, tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari e’tiborimni tortdi.
Men kuzatishlarim jarayonida saylov komissiyasi a’zolaridan tashkil etilgan tibbiy yordam xonalariga murojaat qilganlar bo‘ldimi, degan savol bilan murojaat qildim. Birorta ham ko‘ngilsiz holat kuzatilmaganini ta’kidlashdi. Ertalab soat 8 dayoq ro‘yxatga kiritilganlarning 50-55 foizi ovoz berib bo‘lgandi.
Komissiya a’zolarining kiyinishi ham mening e’tiborimni tortdi: liboslarda milliylik ifoda etilgan. O‘zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi, ana shu ma’noda saylovda ishtirok etib ovoz berishmoqda.
O‘zbekiston xalqi bilan saylov kuni ro‘para kelsam, har biridan albatta bayram bilan deya tabriklashganiga guvohi bo‘ldim. Yana bir alohida e’tiborli jihat shuki, barcha saylovchilar kundalik yumushlarini ikkinchi darajaga qoldirib, avval ovoz berishga borishganidir. Garchi mening ovoz berish huquqim bo‘lmasa-da, ko‘kragimga “Men ovoz berdim, siz-chi?” degan shior yorliq yopishtirishdi. Bu O‘zbekiston kelajagi buyukligidan dalolatdir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi