18:14 / 14.07.2017
5 124

O‘zbekiston Evropa davlatlaridan tashrif uchun jozibadorlik bo‘yicha birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston Evropa davlatlaridan tashrif uchun jozibadorlik bo‘yicha birinchi bo‘ldi
Italiyaning «ilSole24ore» gazetasi «Jahon moliyasi va bozorlari» bo‘limida 2017 yilning yozida tashrif buyurish uchun eng jozibador bo‘lgan davlatlar reytingini e’lon qilindi. U gazeta va «lg» xalqaro kompaniyasi ekspertlari tomonidan «Hamyonbop hordiq? Evro hamon katta o‘ringa ega etti joy» nomi ostida tayyorlandi.

Tahliliy materialda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Evrohududdan sayohat uchun jozibadorlikda beshta asosiy mezon: «ayirboshlash kursi», «hayot qiymati», «aviachiptalarga narxlar», «sug‘urta xatari» va «iqlim» bo‘yicha Xitoy bilan birga, 1- hamda 2-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Reytingni tuzishda «BigMac» xalqaro indekslari va «Numbeo» portalining «Jahon davlatlarida xalq iste’moli mollari»ga narxlar bo‘limidagi ma’lumotlar bazasidan foydalanildi.

«Lg» kompaniyasining bozorlar bo‘yicha tahlilchisi Filipp Diodovichning fikricha, O‘zbekiston qulay ayirboshlash kursi, xalqaro aviachiptalarga past xarajatlar tufayli evropaliklarning eng sevimli joyi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Evropa davlatlaridan tashrif uchun jozibadorlik bo‘yicha birinchi bo‘ldi