20:02 / 18.06.2021
3 986

Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etgan


Surxondaryo viloyati Angor tumani hududidan o‘tuvchi 4R-102 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida 15 iyun kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchilik guvohnomasini olganiga bir yil ham bo‘lmagan 41 yoshli fuqaro o‘zining Damas rusumli avtomobilida Jarqo‘rg‘on—Muzrabot yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida yo‘lning o‘ng chekkasiga chiqib ketgan va yo‘l chetidagi tut daraxtiga borib urilgan.
Avariya oqibatida mashina ichida bo‘lgan 72 yoshli ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, Damas ichida bo‘lgan 17 yoshli o‘quvchi, 51 yoshli ayol turli tan jarohatlari bilan Angor tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida haydovchining uxlab qolishi sabab yuzaga kelgan YTH oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘lgani, Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida «KamAZ» yuk mashinasi Isuzu bilan to‘qnashib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etgan