16:58 / 30.07.2021
3 637

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi


BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–5202-son, 29.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Nukus shahrida «Yosh olimlar akademiyasi» hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi huzurida o‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi ochiladi.

Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari elektron xaritalanib, ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Shaxslarning yuzi bo‘yicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik sho‘r suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, g‘alla, kunjut, makkajo‘xori va chorva ozuqasi ekinlarini sug‘orishda yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy etiladi.

Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish bo‘yicha logistika xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning yangi qarori qabul qilindi