Nega o‘zbeklar uzoq umr ko‘rmaydi? Mutaxassislar sabablarini aytdi

Nega o‘zbeklar uzoq umr ko‘rmaydi? Mutaxassislar sabablarini aytdi
Qisqacha

O'zbekiston uzoq umr ko'ruvchi davlatlar reytingida 122-o'rinni egallab, deyarli eng oxirgi pog'onalardan birida qayd etildi. Bunga yuqori kaloriyali, ammo vitamin va minerallari yetarli bo'lmagan noto'g'ri ovqatlanish tartibi sabab bo'lmoqda. Shuningdek, kamharakat turmush tarzi semirishga va turli kasalliklarga olib kelishi ta'kidlandi.

O‘zbekiston uzoq umr ko‘ruvchi davlatlar reytingida 122-o‘rinni egallagani ma’lum bo‘ldi. Bu esa deyarli eng oxirgi pog‘onalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, bunga bir nechta muhim omillar sabab bo‘lmoqda.

Birinchi muammo — ovqatlanish tartibi. Ta’kidlanishicha, o‘zbek milliy taomlarida kaloriya miqdori yuqori, ammo vitamin va minerallar yetarlicha emas. Bu esa organizmda turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ikkinchi sabab — kamharakat turmush tarzi. Ko‘pchilik ovqatlangandan keyin dam olish yoki yotib olishni odat qilgan. Bu esa semirishga olib keladi. Ortiqcha vazn ortidan esa turli kasalliklar yuzaga chiqishi mumkinligi aytilmoqda.

Uchinchi omil sifatida stress ko‘rsatilgan. Aytilishicha, o‘zbeklar orzu-havas va turmush tashvishlari sabab kuchli ruhiy bosimga tushib qoladi. Stress ortidan esa organizmda kortizol gormoni miqdori oshib, bu turli xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bois mutaxassislar sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy xotirjamlikka e’tibor berish uzoq va sifatli hayot kechirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar