date

O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta konditsioner to‘g‘ri kelishi ochiqlandi

O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta konditsioner to‘g‘ri kelishi ochiqlandi

O‘zbekistonda aholining maishiy texnika bilan ta’minlanish darajasi yil sayin oshib bormoqda. Ayniqsa, konditsionerlardan foydalanish ko‘rsatkichlarida so‘nggi yillarda sezilarli o‘sish kuzatilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil holatida mamlakatda har 100 ta uy xo‘jaligi hisobiga o‘rtacha 67 ta konditsioner to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori ekani qayd etilmoqda.

Tahlillarga qaraganda, 2010 yilda har 100 ta xonadonda o‘rtacha 19 ta konditsioner mavjud bo‘lgan. Keyingi yillarda bu raqam izchil o‘sib borgan. Masalan, 2015 yilda ko‘rsatkich 32 taga yetgan bo‘lsa, 2020 yilda 40 tani tashkil qilgan.

Ayniqsa, so‘nggi besh yil ichida o‘sish sur’ati tezlashgan. Natijada 2025 yilga kelib konditsionerlar soni 67 tagacha oshgan. Bu esa besh yil davomida ko‘rsatkich 27 taga ko‘payganini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta konditsioner to‘g‘ri kelishi ochiqlandi