20:02 / 04.12.2021
2 912

Navoiyda noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi

Navoiyda noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi
Navoiy shahrida muntazam ravishda noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy shahar IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida shaharning «Vatan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.N. xonadonida tekshiruv o‘tkazilgan va u muntazam ravishda noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, fuqaro uyidan arab tilida bitilgan kitoblar va turli buyumlar topilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamalgani, Namanganda yashash xonadonida 10 dan ortiq bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan ota-bola jazoga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiyda noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi