Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga safari doirasida agar vaqt va imkon topilsa, dunyo dzyudo tashkilotlarini boshqaruvchi “Kodakan” institutiga jon deb borishini ma’lum qildi. Shuningdek, hayotining katta qismi sportning shu turi bilan bog‘liq ekanini aytib o‘tdi. Bu xaqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
“Dzyudoni hech qanday sababsiz mening birinchi muhabbatim, deyish mumkin. Men bundan boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullanishni yoqtiraman: tog‘ chang‘isida uchishni ham, suzishni ham. Ayni paytda muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Lekin dzyudo hayotimning bir bo‘lagi, juda katta qismi va men sport bilan shug‘ullanishni aynan dzyudodan boshlaganimdan juda xursandman. Shuning uchun ham men Yaponiyadan juda minnatdorman”, deydi Rossiya rahbari.
Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabr kuni boshlanadi. Rossiya rahbarining kun chiqar mamlakatga qilgan avvalgi tashriflarining birida u “Kodakan” instituti sport zaliga tashrif qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?