16:59 / 25.02.2015
5 510

Iker Kasilyas yozda «Real» bilan kelajagini muhokama qiladi

Iker Kasilyas yozda «Real» bilan kelajagini muhokama qiladi

Madridning «Real» klubi darvozaboni va sardori yozda kelajagi borasida rahbariyat bilan muzokara o‘tkazadi.

33 yoshli darvozabon 2017 yilga qadar davom etadigan shartnomasi oxiriga qadar o‘ynashni maqsad qilgani aytilgan edi. Ammo Kasilyas joriy mavsum oxiridayoq jamoadan ketishi mumkin. Xabar qilinishicha, "Santyago Bernabeu"dagi muxlislar Ikerga nisbatan hushtakvozlik qilgach, darvozabon ketishga qarorq ilgan.

Agarda Iker yozda «Real»dan ketishga qaror qilsa, faoliyatini davom ettirish uchun AQSh chempionatini tanlashi mumkin. Darvozabon biroz vaqt muqaddam Evropaning boshqa jamoasida o‘ynashni istamasligini aytgan edi. Kasilyas «Real»ga qarshi maydonga tushishni mutlaqo istamaydi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iker Kasilyas yozda «Real» bilan kelajagini muhokama qiladi