Angliyaning «Chelsi» klubi futbolchilarining ruxsat etilmagan harakatlari uchun ochkolaridan mahrum qilinishi mumkin.
APLning 14-turida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuv yakunida ikki tomon futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi.
O‘yin oxirida Serxio Agueroning David Luizga tashlanishidan so‘ng, maydonda kelib chiqqan janjal oqibatida hakam «Manchester Siti»ning ikki futbolchisi, Serxio Aguero va Fernandinoni chetlatgandi. Bu futbolchilar keyinchalik assosiasiya tomonidan 4 va 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Bu holat videosida Fabregas avval Fernandinoning yuziga urgani, keyin braziliyalik futbolchi o‘zini tuta olmay qolganini ko‘rish mumkin.
Anliya futbol assosiasiyasi (FA) ikki klub o‘yinchilarining xulqi yuzasidan ish ochdi. Ammo «Chelsi» oxirgi 19 oy ichida futbolchilarining xulqi uchun 4 marta jarimaga tortilib bo‘lgan va shu sababli navbatdagi jazo chorasi sifatida «ko‘klar»dan ochko echib olinishi mumkin.
Sunday Mirror xabariga ko‘ra, «Manchester Siti»ga nisbatan bunday chora ko‘zda tutilmayapti.
Ayni vaqtda «Chelsi» 14 tur o‘yinlaridan keyin 15 turda 34 ochko to‘plagan «Arsenal» bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Konte shogirdlari bugun «Vest Bromvich»ga qarshi o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi