Endilikda «Krasnodar»ning sobiq futbolchisi hisoblanadigan, bugun rasman Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi a’zosiga aylangan Odil Ahmedov nima uchun faoliyatini Xitoyda davom ettirishga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi, deb yozadi Trubina.uz sayti.
«Menda nafaqat Xitoy ligasidan, balki Evropa jamoalaridan ham takliflar bor edi. Men barchasini ko‘rib chiqib, Xitoy klubi taklifini qabul qildim. Men «Krasnodar»ga foyda keltirish haqida o‘yladim. Men Xitoy chempionatiga o‘tishni — professional nuqtai nazardan ortga qadam tashlash deb o‘ylamayman. Hozirda bu chempionatda dunyoning etakchi futbolchilari o‘ynashmoqda hamda bu liga jamoalarini eng yaxshi murabbiylar boshqarishmoqda.
Xususan, men qaror qabul qilishdan oldin Villash-Boash bilan gaplashdim. U menga jamoadagi vaziyatni va men bu klubda egallaydigan o‘rinni tushuntirib berdi. «Shanxay SIPG»ga o‘tishim milliy terma jamoaga ham yaxshi bo‘ladi. Murabbiylar shtabi mening o‘yinimni kuzatib borishadi.
Afsuski, jamoa bilan xayrlashishga ulgurmadim. Boisi, ta’til boshida Krasnodardan jo‘nab ketgandim. Shartnoma imzolashdan oldin Sergey Galiskiy menga ko‘ng‘iroq qildi, bir-birimizga omad tiladik. Men hisoblaymanki, Sergey Nikolaevich kabi insonlar Rossiya futboliga kerak. U Rossiya futboli uchun ko‘p ish qilmoqda, mamlakat futboli haqida ko‘p qayg‘urmoqda. U o‘z jamoasi bilan Rossiya chempioni bo‘lishini tilayman. U bunga munosib», — deya Ahmedovning so‘zlarini keltirgan TASS. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi