Xalqaro futbol uyushmasi FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrin taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Bunga qadar FIFA va France Football nashrlari birlashib, «Oltin to‘p» marosimini o‘tkazib kelar, unda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari ovoz berib kelardi.
2016 yilga kelib esa France Football o‘zi asos solgan sovrinni FIFAdan alohida o‘tkazishga qaror qildi va jahonning etakchi nashrlari hamda jurnalistlari yordamida g‘olibni aniqladi. Unga ko‘ra Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi to‘rtinchi «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi.
Shu tariqa FIFA tashkilot talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisini o‘zi aniqlaydigan bo‘ldi. Bu borada FIFA «Oltin to‘p» bilan raqobatlasha oladigan sovrin o‘ylab topishi kerak edi. Topildi: The Best.
O‘zbek tiliga «Eng zo‘r» deb tarjima qilinadigan sovrin birinchi bo‘lib kimga nasib qilishi ma’lum emas. Bu borada FIFA terma jamoa murabbiylari va sardorlarining ovoziga suyanishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi