Lenovo kompaniyasining ijrochi direktori Djanfranko Lyanchi bergan bayonotda aytilishicha, xitoylik gigant yaqin kelajakda Windows 10 platformasida ishlaydigan smartfonlarni tayyorlashni rejalashtirmagan. Shuningdek, bayonotda Lenovo mazkur platformaning kelajagiga shubha bilan qarashini ham ochiqchasiga bildirib o‘tgan, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Ta’kidlash kerak, Lenovo hozirgi kunda Windows 10 operasion tizimida ishlaydigan kompyuter, noutbuk va planshetlar tayyorlaydigan eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun bunday etakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan aytilgan shu kabi fikrlar Windows 10 platformasida faoliyat ko‘rsatadigan telefonlar kelajagini shubha ostida qoldiradi.
O‘tgan yili Lenovo Xitoyda Windows 10 dasturida ishlaydigan smartfonni taqdim qilgan edi. Yaponiyada esa Lenovo SoftBank 503LV nomli Windows smartfon chiqarilgan. Endi esa kompaniya faqat Android platformasidagi qurilmalarga o‘z diqqatini qaratish rejalashtirgan.
Microsoft kompaniyasi esa yaqinda o‘tkazilgan IgniteIT konferensiyasida Windows 10 dasturini yanada takomillashtirib, unga yangidan-yangi funksiyalar qo‘shish maqsadida ekanligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi