Ma’lumki, Apple kompaniyasining deyarli barcha qurilmalari Xitoyda ishlab chiqariladi. Aniqrog‘i, “Olma” qurilmalari Foxconn va Pegatron firmalari tomonidan tayyorlanadi. Biroq AQShda prezident o‘zgarishi munosabati bilan ayni paytda bir qator amerikalik brendlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashni AQShga ko‘chirish masalasini o‘ylab ko‘rishmoqda. Bunga sabab amerikalik ishbilarmonlarning davlatga etarli miqdorda soliq to‘lamayotganidir. Eng qizig‘i, yangi hukumat Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 45%lik boj joriy qilishni ham rejalashtirgan. Terabayt.uz yozishicha, shu maqsadda Apple ham Tayvanning yuqorida nomi kelgan ikki yirik kompaniyasidan iPhone’larni AQShda ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Hozircha Tayvanning Foxconn va Pegatron firmalari bu borada Apple’ga hech qanday javob bermadi. Biroq ular rozi bo‘lgan taqdirda ham, kelajakda Apple qurilmalarining narxi AQSh hududida tayyorlangani bois ikki baravarga oshishi mumkin. Bunday holat na ishlab chiqaruvchi va na mijozga xush keladi. Voqealar rivojini kuzatamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi