Kuba respublikasi Core i3, Celeron va Core i5 prosessorlari bazasida noutbuk va planshetlarni ishlab chiqaradi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.
Kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni Kuba informatika sanoat korxonasiga tegishli fabrika yo‘lga qo‘ydi.
Zavodda sakkiz va o‘n dyuymli diagonalga ega ikki xil modeldagi planshetlarni chiqarish ko‘zda tutilgan. O‘n dyuymli versiyasi klaviatura bilan birga sotiladi.
Ishlab chiqaruvchilar kompyuterlarning uzoq vaqt xizmat qilishi uchun, mahalliy iqlim sharoitlarini, xususan, yuqori namlik darajasini hisobga oldi. Testlar chog‘ida ishlab chiquvchilar 27 ta turli sinovlarni o‘tkazdi.
Yig‘ish sexi kuniga 500 tagacha elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2017 yilda yangi korxona 120 mingga yaqin mahsulot ishlab chiqaradi, ular birinchi bosqichda mahalliy hukumat va ta’lim muassasalariga etkazib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi