San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya) shahrida istiqomat qiladigan Deniel Baskin ismli dizayner dronlar uchun haroratni saqlaydigan va batareya zaryadini tejaydigan turli ko‘ylaklarni namoyish qildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
“Hammasi hazildan boshlandi. Biroq sovuq o‘lkalarda yashaydigan dron egalari menga qish faslida qurilmaning zaryadi tez tugab qolayotgani haqida gapirgan edilar. Shu tarzda mobil isitgichlar bilan ta’minlangan dron ko‘ylaklarini ishlab chiqdik”, — deydi dizayner.
Ayni paytda ko‘ylakning narxi 189 dollarni tashkil qiladi.
Deniel Baskin noodatiy dizayn ishlari bilan yaxshi tanilgan. Masalan, u avvalroq Pluton yuzasi aks etgan gobelenlar va uch g‘ildirakli velosipedlarda harakatlanadigan do‘konlar dizaynini yaratgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi