Kingston Technology kompaniyasi 1 va 2 Tb hajmga ega DataTraveler Ultimate seriyasidagi fleshkalarni taqdim qildi. Kompaniya bu fleshkalarni dunyodagi eng katta xotiraga ega fleshkalar deb atamoqda. Fleshka ma’lumotlarni saqlash uchun juda katta hajm berishi bilan uning o‘lchamlari bor-yo‘g‘i 72 x 27 x 21 mm ni tashkil qiladi.
Fleshkadan ma’lumotni o‘qish va uni yozish tezligi ma’lum qilinmagan, uni kompyuterga ulash uchun ma’lumotlar bilan tez ishlashga mo‘ljallangan USB 3.1 qo‘llanadi. Yangi fleshkalarning korpusi yuqori mustahkamlikka ega rux qotishmasidan tayyorlangan. Ular savdoda 2017 yil fevral oyida paydo bo‘lishi kerak. Fleshkaning narxi ma’lum qilinmagan. Albatta bu fleshkalar nafaqat dunyodagi eng sig‘imdor, balki eng qimmat fleshkalar ham bo‘lishini taxmin qilsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi